ISHLAB CHIQARISH KORXONALAR, RESTORANLAR, KAFELAR UCHUN MAISHIY VA SANOAT YOG'-MOY TUTGICHLAR:



Yog’-moy tutgichlar — bu sanoat, xo’jalik va maishiy chiqindi suvlarni yog’lardan va yog’li zarrachalarni tozalash uchun mo’ljallangan moslamalar.
Agregat, pardevorlar bilan ajralib turib, ifloslangan suv kirish qisqa quvurlar orqali oqib keladi. Pardevorlar bilan ajratilgan bo’linmalardan o’tib, yog’ shakllanishi ko’tarilib, yuzaga to’planadi. Yog’siz suv chiqish qisqa quvurlar orqali kanalizatsiya tizimiga tushiriladi. Yog’ zarrachalar to’planganda chiqarib yuboriladi.
Plastmassadan tayyorlangan maishiy yog’-moy tutgichlar afzalliklari quyidagilardan iborat:
materialning ekologik tozaligi;
amaliylik;
uzoq xizmat qilish muddati;
oson texnik xizmat ko’rsatish.
Modellar hajmi, qo’llanilishi, ishlashi, maqsadi bilan farq qiladi.
Maishiy yog’-moy tutgichlar 0,1 dan 2 l/s gacha quvvati bilan ishlab chiqariladi. Bundan yuqori quvvatli sanoat moslamalar deb hisoblanadi.
Maishiy yog’-moy tutgichlar kvartiralar va shahar tashqaridagi uylar oqindi suvlarini tozalash uchun mo’ljallangan. Ichki kanalizatsiya tizimlarini ifloslanishdan himoya qiladi. Oshxona moykasi ostida, erto’lada yoki ko’chada o’rnatilishi mumkin.
Sanoat yog’-moy tutgichlar murakkab konstruktsiya va katta o’lchamlarga ega bo’ladi. Sanoat korxonalari, avtoyuvishlar, oziq-ovqat sanoati, sovun, laklar va bo’yoqlarni ishlab chiqarish zavodlarda, oqindi suvlarni tozalash uchun mo’ljallangan.
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun: kafelar, restoranlar, oshxonalar yog’-moy tutgichlarni o’rnatish majburiydir.